Gvardiola Xolandni "Real"dan voz kechishga ko‘ndirmoqchi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Erling Xolandga kelajakda "Real"ga o‘tishni rad etishni maslahat berdi.
Pepning fikricha, norvegiyalik futbolchi "Barselona" taklifini qabul qilgani ma’qul. Hujumchining jamoadoshi, avvalroq Kataloniya klubida o‘ynagan Ilkay Gyundogan ham xuddi shunday fikrda. Ispaniya gigantlari yozda Xolandni o‘ziga jalb qilishni rejalashtirmoqda.
Erling Xoland "Man Siti" safida 121 ta o‘yin o‘tkazgan. Ularda u 108 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.