Martinesning narxi arzonlashdi
Chorshanba kuni nufuzli Transfermarkt mutaxassislari Italiya chempionati futbolchilarining narxlarini e’lon qildi. Eng arzonlashgan futbolchilar orasida esa Lautaro Martines (“Inter”), Teo Ernandes (“Milan”), Duglas Luis (“Yuventus”) va Fikayo Tomori (“Milan”) bor. Ularning har biri 10 million yevrodan arzonlashdi.
Bu futbolchilarning yangi narxlari quyidagicha ko‘rinadi: Martines – 100 million yevro, Ernandes – 50 million yevro, Luis – 45 million yevro, Tomori – 22 million yevro.
Lautaro Martines o‘zining taxminiy qiymatida 10 million yevro yo‘qotganiga qaramay, Italiya A Seriyasining eng qimmat futbolchisi bo‘lib qolmoqda.