Amorim liga kubogi o‘yinidan avval jamoadagi kadrlar muammosi haqida gapirdi
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Meyson Maunt 19 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan «Tottenxem»ga qarshi Liga kubogi chorak final uchrashuvini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda «qizil iblislar» bosh murabbiyi Ruben Amorim ma’lum qildi.
«Maunt mavjud emas. U jarohat olgan. Mazrauiga kelsak, bugun ko‘ramiz. Qolgan futbolchilar o‘ynashga tayyor», - dedi «Manchester Yunayted» ustozi.
Eslatib o‘tamiz, «Tottenxem» – «Manchester Yunayted» uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.