"Real" Qit’alararo kubogni eng ko‘p yutgan klubga aylandi
Madridning "Real" klubi to‘rtinchi marta FIFA qit’alararo kubogini qo‘lga kiritdi.
Bugun Karlo Anchelotti shogirdlari finalda "Pachuka"ni 3:0 hisobida mag‘lub etishdi.
Bungacha kubok 1960, 1998 va 2002 yillarda qo‘lga kiritilgan.
Shu tariqa madridliklar kubokni boshqa barcha klublarga qaraganda ko‘proq qo‘lga kiritgan. Ular finalda uch marta (1969, 1989, 1990) g‘alaba qozongan "Milan"ni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘lishdi.