Anchelotti "Real" tarixidagi eng sovrindor murabbiy bo‘lish istagida
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bugun, 18 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Pachuka” bilan qit’alararo kubok final uchrashuvi oldidan “Los-Blankos” tarixidagi eng sovrindor murabbiy bo‘lish mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
"Bu klub bilan bunday muvaffaqiyatga erishish men uchun muhim. O‘ylaymanki, men yaxshi ish qildim va buni davom ettirishni xohlayman. Shubhasiz, Migel Munyos kabi buyuk murabbiy bilan solishtirish men uchun katta sharafdir", - deya Anchelotti so‘zlarini keltiradi Marca.
Shu kungacha Anchelotti "Real" bilan 14 ta sovrin yutgan. 1954 yildan 1974 yilgacha "Los-Blankos"ni boshqargan Migel Munyos ham xuddi shunday miqdorda sovrin yutgan.