"PSJ"ning Reshford borasidagi pozisiyasi ma’lum
"Manchester Yunayted" hujumchi Markus Reshford bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Kuni kecha m’alum bo‘lishicha, "qizil iblislar" o‘z yulduz futbolchisini sotishga qiziqmoqda va uni allaqachon sotuvga qo‘yishgan. Avvalroq “PSJ” yulduz forvard uchun asosiy davogarlardan biri hisoblangan, biroq jurnalist Mayk Kiganning so‘zlariga ko‘ra, Parij klubi hozircha futbolchini sotib olishga qiziqmayapti.
Transfermarkt portali ekspertlari Markus Reshfordning narxini 55 million yevroga baholamoqda. 27 yoshli futbolchining "Manchester Yunayted" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.