De la Fuente ovoz berishda Rodrini faqat ikkinchi o‘ringa qo‘ydi
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun o‘tkazilgan ovoz berishda "Manchester Siti" yarim himoyachisi va "Oltin to‘p" sohibi Rodrini ikkinchi o‘ringa qo‘ydi.
Birinchi qatorga ispaniyalik mutaxassis "Real" himoyachisi Daniel Karvaxalni joylashtirdi. De la Fuente "Barselona"ning 17 yoshli vingeri Lamin Yamalni uchinchi o‘ringa qo‘ydi. Bu haqda FIFA sayti xabar bermoqda.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Rodri 43 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Karvaxal o‘z navbatida to‘rtinchi o‘rinda qoldi.
Bundan tashqari, Ispaniya terma jamoasi ustozi de la Fuente to‘qqiz ochko bilan FIFA talqiniga ko‘ra 2024 yilning eng yaxshi to‘rtinchi murabbiyiga aylandi.