Mareska Mudrikning doping mojarosiga qanday munosabat bildirgan
2024 yilning 17 dekabr kuni Londonning “Chelsi” klubining ukrainalik vingeri Mixail Mudrik doping-testdan ijobiy o‘tgani ma’lum bo‘ldi.
Oxirgi marta Mixail Mudrik 28 noyabr kuni Konferensiyalar ligasi doirasida "Xaydenxaym"ga qarshi o‘yinda maydonga tushgan edi.
GiveMeSport yozishicha, "Chelsi" bosh murabbiyi Enso Mareska voqea haqida dastlab xabardor qilingan. Biroq murabbiy rahbariyat bilan birgalikda bu ma’lumotni matbuotga oshkor qilmasdan, matbuot anjumanlarida ukrainalik futbolchining kasalligi borligini aytishga qaror qildi.