Mudrik yolg‘on detektori testidan o‘tdi
Mixail Mudrik poligraf testidan o‘tdi. Bu futbolchi doping-testdan ijobiy o‘tganidan keyin sodir bo‘ldi.
Poligraf tekshiruvi paytida Mudrik uning tanasiga taqiqlangan moddaning kirishiga mutlaqo aloqasi yo‘qligini va mildronatni ongli ravishda hech qanday shaklda qabul qilmaganini ta’kidladi. Poligraf apparati ukrainalikning javoblarini haqiqat deb hisobladi.
Mudrik 2023 yilning yanvarida "Chelsi"ga o‘tgan edi. Londonliklar uning uchun 70 million yevro to‘lashdi.