Nikola: "0:2gacha ajoyib o‘yin bo‘layotgan edi"
"Kalyari"ning Italiya Kubogida "Yuventus"ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng, bosh murabbiy Davide Nikolya OAVga murojaat qilib, uchrashuvdagi burilish nuqtalari va jamoasining o‘yinini muhokama qildi.
"0:2gacha ajoyib o‘yin bo‘layotgan edi. Keyin o‘yinda biroz pasayish kuzatildi va “Yuventus”ning sifati oshdi.
Ajoyib jamoaga duch keldik va birinchi bo‘limda ustunlikni qo‘lga kiritishimiz mumkin bo‘la turib undan foydalana olmaganimizdan afsusdaman.
Yigitlar borlarini berib o‘ynashdi, lekin ba’zilari o‘sishi kerak", – dedi murabbiy.