"Manchester Yunayted" himoyachi bilan kelishuvga erishdi
Ruben Amorimning "Manchester Yunayted"ga ilk transferi iqtidorli paragvaylik bo‘lishi mumkin. Jurnalist Sezar Luis Merloning xabar berishicha, "qizil iblislar" "Serro Porteno" bilan chap qanot himoyachisi Diyego Leonni taxminan 4 million dollarga sotib olish borasida kelishib olgan.
Angliya Premyer-ligasi klubi ayni damda boshqa masalalar, xususan, futbolchining iqtisodiy huquqlari borasida muzokaralar olib bormoqda. Leonning agenti hujjatlarni rasmiylashtirish uchun allaqachon Angliyaga ketgan.
Shu bilan birga, paragvaylik faqat aprel oyida 18 yoshga to‘ladi. Transfer rasmiylashtirilishi kutilmoqda, biroq futbolchi keyingi olti oyni "Serro Porteno"da o‘tkazadi.