"Manchester Yunayted"da asosiy variant tayyor
"Manchester Yunayted" Ruben Amorimni bosh murabbiy etib tayinlash borasida muzokaralar olib borayotgandi.
Jurnalist Florian Plettenbergning AS nashriga tayanib xabar berishicha, yaqinda "Yunayted" portugaliyalik mutaxassisni Ten Xag o‘rniga asosiy da’vogar deb biladi.
Amorim «Manchester Yunayted» bosh murabbiyligiga nomzodlar ro‘yxatidan o‘rin olgani avvalroq xabar qilingandi.
Biroq portugaliyalik qishda “Sporting”ni tark etish niyatida emasligi ma’lum bo‘ldi. Amorimning bu mavsumda Portugaliya klubi bilan katta maqsadlari bor.
U yozda shartnomasidagi sotib olish bandi tufayli jamoani tark etishi mumkin.