"Arsenal" sardori: "Odamlar nima deyishini kuzatish men uchun kulgili"
"Arsenal" sardori Martin Edegor Chempionlar ligasi doirasida "Monako" bilan o‘yin arafasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jurnalistning burchak zarbalari paytida jamoani o‘z strategiyasi borasidagi tanqidlari haqidagi savoliga javob berdi.
"Odamlar sizni biror narsada juda yaxshi bo‘lganingiz uchun tanqid qila boshlashi qiziq, menimcha, biz hamma narsada eng zo‘r bo‘lishni xohlaymiz, bu biz uchun futbolning muhim qismidir. Haqiqatan ham eng yaxshi bo‘lishni xohlaymiz va biz hozirda juda yaxshi ishlayapmiz, shuning uchun imkoniyatimizni qo‘lga kirita olsak, buni davom ettirishimiz kerak", dedi Edegor.
"Arsenal" burchak to‘plaridan urilgan gollar bo‘yicha Premyer-liganing eng yaxshi jamoasi bo‘lib, o‘tgan mavsumdan buyon jamoa 23 ta gol urgan.