"Manchester Yunayted"ning Reshford borasidagi pozisiyasi ma’lum bo‘ldi
"Manchester Yunayted" o‘zining akademiya bitiruvchisi, hujumchi Markus Reshfordni sotishga tayyor. Bu haqda taniqli jurnalist va insayder Florian Plettenberg X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "iblislar" bu qishda Markus bo‘yicha takliflarga ochiq va futbolchini kelasi yozgacha sotishni rejalashtirmoqda. Qayd etilishicha, Reshford bilan xayrlashib, "Manchester Yunayted" uning maoshini tejaydi, bu mankunianliklar klubiga moliyaviy feyr-pley qoidalariga osonlik bilan moslashish imkonini beradi.
Joriy mavsumda 27 yoshli serqirra hujumchi barcha turnirlarda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.