Mudrik Pogbani himoya qilgan advokatlar bilan bog‘landi
“Chelsi”ning 23 yoshli ukrainalik vingeri Mixail Mudrik “Yuventus”ning sobiq yarimhimoyachisi Pol Pogbaga diskvalifikasiyani 4 yildan 18 oyga qisqartirishga yordam bergan yuridik firmaga bilan bog‘landi, deb yozadi The Telegraph.
Mudrik doping ishi ustida ishlash uchun Morgan Sports Law yuridik firmasini yollagan. Klub ham Mudrikni qo‘llab-quvvatladi.
Qizig‘i shundaki, Morgan Sports Law "Yuventus"ning sobiq futbolchisi Pol Pogbani Sport arbitraj sudidagi apellyasiyasi vaqtida himoya qilgan.