"Bavariya" sport direktori Mudrik haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi
"Bavariya" sport direktori Maks Eberl ukrainalik "Chelsi" futbolchisi Mixail Mudrik bilan shartnoma imzolashi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
"Mudrik – ajoyib futbolchi, ammo uning “Chelsi” bilan 2031 yilgacha shartnomasi bor va u juda qimmat.
Albatta, biz bozordagi vaziyatni kuzatib boramiz. Mudrik - ajoyib o‘yinchi, ammo hozirda bu shunchaki mish-mishlar", - deya Eberldan iqtibos keltiradi Bild.