Luish Figu moliyaviy ahvolini baholadi
"Barselona", "Real", "Inter" va Portugaliya terma jamoasining afsonaviy sobiq futbolchisi Luish Figu o‘zining moliyaviy holatiga baho berdi.
"Menda siz o‘ylaganingizdan ko‘proq va men xohlaganimdan kamroq pul bor. Tahminan 20 dan 50 million yevrogacha", - dedi 52 yoshli Figu.
Agar zarurat bo‘lmasa, futbolchilar faoliyatini tugatgach nega ishlaydi, degan savolga Figu shunday javob berdi: "Siz nimadir ishlab chiqarishingiz kerak. Kimdir o‘sha mamlakatda ishlashi kerak. Ishbilarmon bo‘lish, muvaffaqiyatga erishish, o‘z ishini yaxshi bajarish, ish o‘rinlari yaratish yaxshi ish deb o‘ylayman".