"Xetafe" markaziy himoyachisiga Premyer-liga klubi qiziqish bildirmoqda
“Xetafe” markaziy himoyachisi Omar Alderete Yevropaning ba’zi grandlarining e’tiborini tortdi.
AS xabariga ko‘ra, Londonning "Tottenxem" futbolchi uchun asosiy da’voagar bo‘lib turibdi. Ingliz klubi Aldereteni o‘z himoyasi uchun ideal mustahkamlovchi sifatida ko‘rmoqda.
Omarning klub bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Futbolchi joriy mavsumda 15 ta o‘yinda maydonga tushdi.