«Real» La Ligadagi so‘nggi 5 ta g‘alabasidan 4 tasida gol o‘tkazib yubormadi
«Real Madrid» La Ligadagi so‘nggi 5 uchrashuvning 4 tasida gol o‘tkazib yubormaydi g‘alaba qozongan.
Karlo Anchelotti boshchiligidagi jamoa Ispaniya chempionatining 16-turi doirasidagi safarda «Jirona»ni mag‘lub etdi (3:0).
So‘nggi turda madridliklar safarda «Atletik»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (1:2). Bungacha «Real» birorta ham gol o‘tkazib yubormagan holda uch marta La Ligada g‘alaba qozongan.
Shu tariqa, Anchelotti shogirdlari La Liganing so‘nggi 5 uchrashuvining 4 tasida umumiy 12:0 hisobida zafar quchdi.
14 dekabr kuni «Real Madrid» «Rayo Valyekano» maydoniga safar qiladi. Madridliklar «Barselona»dan 2 ochko ortda qolmoqda.