Amorim: "Ko‘p narsalarni sinab ko‘rishim kerak edi"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim "Nottingem Forest"ga (2:3) qarshi o‘yindagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Bu qiyin o‘yin edi. Biz juda yomon boshladik, gol o‘tkazib yubordik, shundan so‘ng kurashish bizga qiyin bo‘ldi.
Keyin o‘yinni nazorat qildik va ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Biz maydonning uchdan bir qismida harakatni yaxshilashga muvaffaq bo‘ldik. Tanaffusda g‘alaba qozonish haqida o‘yladik, lekin ikkinchi bo‘limni juda yomon boshladik - ikkita gol o‘tkazib yubordik.
Men ko‘p narsalarni sinab ko‘rishim kerak edi.
Bu qiyin daqiqalarni keltirib chiqardi, lekin biz boshlagan ishimizni davom ettirishimiz kerak. Oldinda uzoq yo‘l bor", — deya Amorimning so‘zlarini keltiradi BBC.