Grizmann: "Mehmonda o‘ynash qiyin"
Antuan Grizmann "PSJ" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin (2:1) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Goldan keyin Korreaga nima deyishdi?
"Bu Atletiko. Bizga shunday, taktik jihatdan o‘ylangan o‘yin kerak edi. Mehmonda o‘ynash qiyin va bu g‘alaba bizga foyda keltiradi. Ular azob chekishlarini bilishardi.
Dembele va Barkolyaga joy bermaslik kerak edi. Ular undan foydalanishadi va ularning tezligi bilan biz qiynalamiz.
Ikki yoki uch marta ular qochishga muvaffaq bo‘lishdi va bu bizga muammo tug‘dirdi, lekin menimcha, biz yaxshi o‘yin o‘tkazdik.
- Parijdagi g‘alaba nimani anglatadi?
U bizga ko‘p yordam beradi. Biz yana bir bor kuchli "Atletiko"ni ko‘rdik. Biz kuchli jamoa bo‘lishga intilishimiz kerak. Bizga biroz omad kulib boqdi, lekin bu futbol.
“Lill”ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonish imkoniyatimiz bor edi, ammo yutqazdik. Shunday bo‘ladi. Biz ba’zi narsalarni yaxshilashimiz kerak", dedi "Atletiko" hujumchisi.