«Jenoa» aksiyalarining 77 foizini ruminiyalik tadbirkorga sotadi
«Jenoa»ning yangi egasi ruminiyalik tadbirkor Dan Shuku bo‘ldi.
Bugun A Seriya klubi Shuku klub aksiyalarining 77%ini, shu jumladan nazorat paketini sotish bo‘yicha kelishuvni ma’qullaganini e’lon qildi.
Dan Shuku - Ruminiyadagi eng yirik mebel kompaniyasi «Mobexpert» asoschisi. Shuningdek, u Buxarestning «Rapid» klubi aksiyalarining 90 foiziga egalik qiladi.
Joriy mavsumda «Jenoa» 16 turda 16 ochko jamg‘arib, jadvalda 13-o‘rinni egallab turibdi.