"Milan" "Srvena Zvezda" bilan o‘yinning birinchi bo‘limida ikkita majburiy almashtirishni amalga oshirdi
Chempionlar ligasining 6-turi doirasida "Milan" o‘z maydonida "Srvena Zvezda"ni qabul qilmoqda.
Uchrashuvning 28-daqiqasida milanliklar yarim himoyachisi Ruben Loftus-CHik jarohat olib, o‘yinni davom ettira olmadi, o‘rniga Samu Chukvueze maydonga tushdi. Ikki daqiqadan so‘ng milanliklarning asosiy hujumchisi Alvaro Morata ham jarohat oldi. Uning o‘rniga Temmi Abraxam maydonga tushdi.
"Milan" beshta o‘yinda to‘qqiz ochko to‘pladi va keyingi bosqichga chiqish uchun kurashni davom ettirmoqda. Oxirgi ikki turda Italiya klubi "Jirona" va Zagrebning "Dinamo" klublariga qarshi bahs olib boradi.