Saka "Arsenal"ning 21 ta o‘yinida 19 ta golda ishtirok etdi - bu Premyer-liga vakillari orasida ikkinchi ko‘rsatkich
Londonning "Arsenal" klubi vingeri Bukayo Saka yana sermahsul harakat qildi.
23 yoshli futbolchi bugun Chempionlar ligasi doirasida "Monako"ga qarshi o‘yinning 34-daqiqasida hisobni ochdi. Squawka xabariga ko‘ra, Saka joriy mavsumda "kanonirlar" safida barcha musobaqalarda 21 ta o‘yinda 19 ta golda ishtirok etgan (8 gol va 11 golli uzatma). Angliya Premyer-ligasining barcha vakillari orasida faqat "Liverpul"dan Muhammad Saloh yanada ajoyib ko‘rsatkich bilan maqtana oladi – misrlik 28 ta golda bevosita ishtirok etgan.
Bukayo Sakaning aniq zarbasi "Arsenal" - "Monako" uchrashuvining birinchi bo‘limida yagona bo‘lib qoldi.