Meyson Maunt yana jarohat oldi
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Meyson Maunt «Manchester Siti»ga qarshi APL 16-tur uchrashuvida jarohat oldi.
Uchrashuvning 14-daqiqasida ingliz futbolchisi jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Uning o‘rniga Kobbi Maynu maydonga tushdi.
Mauntning bundan avvalgi so‘nggi asosiy tarkibda maydonga tushgan o‘yini 14-turda «Arsenal»ga qarshi o‘yin (0:2) bo‘lgandi. Bungacha u jarohati sabab Premyer-liganing 9 uchrashuvini o‘tkazib yuborgandi.
Angliya chempionatining joriy mavsumida Maunt 6 ta o‘yin o‘tkazdi (223 daqiqa), samarali harakatlar qayd etmadi.