Maunt 2023 yil yanvaridan buyon APLda birorta o‘yinda to‘liq harakat qilmadi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Meyson Maunt 2023 yilning yanvaridan beri APLda to‘liq 90 daqiqa o‘ynamadi. So‘nggi bor u "Chelsi" safida "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yinni to‘liq o‘tkazgandi.
Maunt APLning 16-turida "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda jarohat oldi - 2:1. 14-daqiqada ingliz futbolchisi jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.
Angliya chempionatining joriy mavsumida Maunt 6 ta o‘yin o‘tkazdi (223 daqiqa).