Reshford - «Manchester Yunayted»ni tark etish uchun asosiy nomzodlardan biri
«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford ingliz grandini tark etishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 27 yoshli Reshford qishda yoki kelasi yozda «MYU»ni tark etish favoritlaridan biri hisoblanadi.
Avvalroq futbolchining o‘zi faoliyatidagi yangi chaqiruvga tayyor ekanini aytgandi.