"Barselona" futbolchilari endi "Sevilya"da o‘ynamaydi
Ispaniyaning «Sport» nashri xabariga ko‘ra, "Barselona" o‘z futbolchilariga "Sevilya"ga qo‘shilishni ta’qiqlab qo‘ydi, xoh u ijara bo‘lsin, xoh sotuv.
Manbaning qayd etishicha, klub rahbariyati ulardan Dani Olmo va Pau Viktorni ro‘yxatdan o‘tkazishga to‘sqinlik qilayotgani hamda Negreyra ishi borasidagi shikoyatlari uchun o‘ch olmoqchi.