Ispaniyaning uchta klubi "Barselona"ning Olmoni ro‘yxatdan o‘tkazishiga to‘sqinlik qilmoqchi
"Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmo qishki transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin.
Agar Kataloniya klubi Olmoni mavsumning ikkinchi qismida ro‘yxatdan o‘tkaza olmasa, yarim himoyachi jamoani tekinga tark etishi mumkinligi haqida avvalroq xabar berilgandi.
Diario Sport xabariga ko‘ra, "Atletik", "Atletiko Madrid" va "Sevilya" La Liga prezidenti Xavyer Tebasga "Barselona"ni Olmoni ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat bermaslik uchun bosim o‘tkazmoqda.
Joriy mavsumda 26 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.