"Bryugge" himoyachisiga Premyer-liganing ikki top klubi qiziqmoqda
"Arsenal" va "Manchester Siti" klublari "Bryugge" himoyachisi Maksim De Kyuperni sotib olmoqchi. Bu haqda TBR Football xabar bermoqda.
23 yoshli futbolchi qishda klubni tark etishi mumkin. U 12 million yevroga baholangan.
"Arsenal" va "Manchester Siti" "Genk"ga qarshi o‘yinga skautlarni jo‘natishdi. De Kyuperning "Bryugge" bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.