"Bavariya" o‘z futbolchisi bilan shartnoma borasida kelisha olmayapti
"Bavariya" rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Jamol Musiala bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.
Sky Sport DE xabariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida hali to‘liq kelishuv mavjud emas. Manbaning xabar berishicha, kelishmovchiliklarning asosiy nuqtalari ish haqi, shartnoma muddati va tovon puli miqdori bo‘lib qolmoqda.
Ta’kidlanishicha, "Bavariya" yaqin orada Musialadan imtiyozlar kutmoqda, chunki futbolchining o‘zi klub bilan shartnomasini uzaytirmoqchi.
Manbaning ta’kidlashicha, "Bavariya"ning maqsadi 2025 yilning yanvarigacha Musiala bilan yakuniy kelishuvga erishish.