"Yuventus" ingliz grandlari radaridagi yulduzi bilan fevralda muzokaralarni boshlaydi
"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovich tez orada klub bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib boradi.
Serbning amaldagi shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi. Avval xabar berganimizdek, "keksa sinyora" rahbariyati Vlaxovich bilan shartnomani uzaytirmoqchi, ammo o‘zlari uchun qulayroq shartlarda. Sky Sport xabariga ko‘ra, tomonlar yaqin orada - 2025 yilning fevralida potensial kelishuvni muhokama qilish uchun uchrashadilar.
Dushan Vlaxovichga Angliyaning "Arsenal" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirmoqda. Mashhur Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, 24 yoshli forvardning narxi 60 million yevroni tashkil qiladi.