Kukurelyadan 2024 yil haqida so‘rashdi
"Chelsi" va Ispaniya terma jamoasi qanot himoyachisi Mark Kukurelyadan jurnalistlar 2024 yil uning faoliyatidagi eng omadlisi bo‘ldimi, deb so‘rashdi.
- Ha, hozircha shunday, biroq men jarohat olganimni hisobga olsak, bu yilni oddiy deb bo‘lmaydi. Ammo o‘ylashimcha, aynan shu jarohat mening dunyoqarashimni o‘zgartirdi. Jamoadan uzoqda bo‘lgan paytimda hamma narsa haqida o‘ylab ko‘rishga vaqtim bo‘ldi, natijada esa meni Ispaniya terma jamoasiga Yevropa chempionatiga taklif qilishdi", - deya Kukurelya so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.