Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Yevropa chempioni shartnomasiz qolishi odatiy hol emas"
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente terma jamoa bilan tuzilgan mehnat shartnomasi haqida gapirdi. Uning shartnomasi shu yil yakuniga yetadi.
"Yevropa chempioni shartnomasiz qolishi odatiy hol emas. Luis Enrike bilan ham shunday bo‘larmidi, bilmayman. Shuni ta’kidlashni istardimki, men yoshlar jamoasidagi kabi sharoitda ishlayman", - deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Marca nashri.
Avvalroq matbuotda mamlakat futbol federasiyasi mutaxassisga 2026 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif qilishga tayyorligi haqida xabar berilgandi.