"MYU" darvozabonini qo‘yib yuborishga qaror qildi
"Manchester Yunayted" darvozaboni Altay Bayindir qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda GiveMeSport xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "qizil iblislar" rahbariyati 26 yoshli turkiyalik darvozabonni 2025 yilning yanvarida jamoani tark etishni istasa, qo‘yib yuborishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Bayindir "Manchester Yunayted"da 2023 yilning sentabridan buyon o‘ynab kelmoqda. Bu vaqt ichida u to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan sakkizta gol o‘tkazib yubordi va faqat bir marta o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.