«Real» futbolchisi futboldagi VAR tizimidan mamnun
"Real Madrid" futbolchisi Orelyen Tchuameni zamonaviy futbolga joriy qilingan VAR tizimi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Hakam xatosi yoki qoida buzilishi tufayli o‘yin yoki katta musobaqada mag‘lub bo‘lsangiz, achinarli bo‘ladi, lekin sovrinlarni qo‘ldan boy bergan yigitlar ham bor... Ofsayd — bu ofsayd, ammo qoida shunday. Menda bu bilan muammo yo‘q. Vaqti kelib men Jahon chempionati finalida o‘ynasam hamda biz gol o‘tkazib yuborsak... Gol urgan futbolchi 50 millimetr bo‘lsa ham ofsaydda bo‘lsa va hakamda VAR yo‘qligi, yoki referi o‘zini yomon his qilgani va yomon uxlagani sababli xato qilsa, siz finalni yutqazasiz. Bunga esa yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi", - dedi fransiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, VAR tizimi 2018 yilda xalqaro turnirlardagi qator sinovlardan so‘ng futbolga rasman kiritilgan edi.