«Barselona» darvozasiga kiritilgan nechta gol ofsayd tufayli bekor qilindi?
«Barselona» boshqaruviga Xans-Diter Flik kelganidan so‘ng jamoa ancha yuqori pressing namoyish etmoqda. Shuningdek, himoya chizig‘i vakillari ham ancha yuqori zonadan raqib hujumlarini bartaraf etishga urinmoqda.
«Mundo Deportivo» nashrining yozishicha, kataloniyaliklar darvozasiga joriy mavsumda kiritilgan 11 ta gol ofsayd tufayli bekor qilingan.
Kataloniyaliklar hozirda La Liga turnir jadvalida eng yaqin ta’qibchisi «Real»dan 6 ochko ko‘p to‘plagan holda peshqadamlik qilmoqda.