SSKA qimmat legionerini 12 million yevroga sotmoqchi
SSKA himoyachisi Duglas Kellven qishki transfer oynasida poytaxt klubini tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Ivan Karpov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, "harbiylar" 23 yoshli braziliyalik futbolchini sotishdan taxminan 12 million yevro ishlab olishni maqsad qilgan. Ta’kidlanishicha, klub bu pulni Kellvenning o‘rnini bosadigan byudjetni topishga, shuningdek, Marko Nikolichning yangi sxemasi uchun to‘purar hujumchi sotib olishga sarflamoqchi.
Kellven 2023 yilning sentabridan buyon SSKA safida to‘p tepmoqda. Bu vaqt ichida u 52 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Braziliyalik futbolchining klub bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar tuzilgan.