Kunde deyarli dam olishsiz o‘ynamoqda
2024 yilda hech kim Jyul Kundedan ko‘proq o‘ynamagan.
Xalqaro sport tadqiqotlari markazi dunyoning 66 ta oliy ligasi futbolchilarining klub va terma jamoalar darajasidagi o‘yinlarini tahlil qildi. «Barselona» va Fransiya terma jamoasi himoyachisi o‘yin daqiqalari bo‘yicha peshqadam (15 dekabr holatiga ko‘ra).
Eng yaxshi 15 talikka quyidagilar kiradi:
1. Jyul Kunde («Barselona») – 5872 minut, 69 o‘yin.
2. Djon Aryas («Fluminense») – 5599 minut, 67 o‘yin.
3. Federiko Valverde («Real») – 5573 minut, 66 o‘yin.
4. Virdjil van Deyk («Liverpul») – 5523 minut, 64 o‘yin.
5. Nikolas Otamendi («Benfika») – 5449 minut, 65 o‘yin.
6. Granit Djaka («Bayer») – 5447 minut, 65 o‘yin.
7. David Gansko («Feyenoord») – 5377 minut, 60 o‘yin.
8. Feliks Eduardo Torres («Korintians») – 5369 minut, 64 o‘yin.
9. Djo Rodon («Lids») – 5276 minut, 58 o‘yin.
10. Vilyam Saliba («Arsenal») – 5264 minut, 59 o‘yin.
11. Djonatan Ta («Bayer») – 5250 minut, 61 o‘yin.
12. Yozua Kimmix («Bavariya») – 5221 minut, 61 o‘yin.
13. Antonio Ryudiger («Real») – 5203 minut, 60 o‘yin.
14. Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted») – 5151 minut, 59 o‘yin.
15. Kayke Rosha («Atletiko Paranaense») – 5118 minut, 61 o‘yin.