Grilish ortiq Gvardiolaga kerak emas
"Manchester Siti" vingeri Jek Grilish qishda jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
«To The Lane and Back» ma’lumotlariga ko‘ra, "Manchester Siti" 29 yoshli futbolchini yanvar oyidayoq sotib yubormoqchi. "Tottenxem" so‘nggi haftalarda Grilishga qiziqish bildirgan, "shporlar" allaqachon futbolchi bilan aloqaga chiqqan.
Shu bilan birga, manbaning ta’kidlashicha, Grilishning yuqori maoshi tufayli qishda to‘liq transfer amalga oshishi dargumon. Katta ehtimol bilan bu ijara shartnomasi bo‘ladi.
Joriy mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.