"Galatasaroy" Ikardi o‘rniga yangi hujumchi olib kelmoqchi
Turkiyaning "Galatasaroy" klubi xoch bog‘lamidan jiddiy jarohat olib, 10-12 oyga safdan chiqqan Mauro Ikardi o‘rniga yangi markaziy hujumchi sotib olish borasida ishlarni boshladi.
Avvalroq, turk klubi "MYU" forvardi Markus Reshfordga qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Jarohat olguniga qadar Ikardi joriy mavsum 14 ta o‘yinda 6 ta gol urib, 2 ta assist berdi.