Kolo-Muaniga yana bir da’vogar paydo bo‘ldi
"Galatasaroy" "PSJ" hujumchisi Randal Kolo-Muaniga qiziqib qoldi.
Istanbul klubi hozirda parijliklar safida yetarli o‘yin amaliyoti olmayotgan forvardni jarohat sabab mavsum yakuniga qadar safdan chiqqan Mauro Ikardi o‘rniga sotib olmoqchi.
Avvalroq, 26 yoshli forvardga Angliya va Italiya klublaridan qiziqish borligi aytilgandi.