"Liverpul" hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi
Fransiya terma jamoasi va "PSJ"ning markaziy hujumchisi Randal Kolo-Muani faoliyatini Angliya Premyer-ligasining top-klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, hujumchining xizmatlariga APL yetakchisi "Liverpul" qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar joriy mavsum yakuniga qadar Randalni ijaraga olishni rejalashtirmoqda.
Joriy mavsumda Kolo-Muani parijliklar safida 14 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. 26 yoshli forvardning transfer qiymati 30 million yevroga baholanmoqda.