Manba: «Liverpul» va Saloh 2027 yilgacha shartnoma imzolash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda
«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh yaqin orada klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.
Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, ayni paytda tomonlar 2027 yilgacha bo‘lgan shartnoma ustida muzokara olib boryapti, shartnoma 1 yilga uzaytirish imkoniyatini ham o‘z ichiga oladi.
Bundan avvalgi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining agenti 3 yillik shartnoma so‘ragan bo‘lsa, klub 2 yillik shartnoma taklif qilgan edi.
Misrlik futbolchining amaldagi shartnomasi 2025 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Manba: sport24.ru