Emiliano Martines 2026 yilda faoliyatini yakunlashga tayyor
«Aston Villa» darvozaboni Emiliano Martines bor-yo‘g‘i bir yarim yildan so‘ng faoliyatini yakunlashga tayyor. Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, agar u ikki karra jahon chempioni bo‘lsa, faoliyatini yakunlaydi.
«Agar Argentina terma jamoasi bilan ikki karra jahon chempioni bo‘lsam, nafaqaga chiqaman. Sizga va’da beraman. Shunday holda, ushbu jahon chempionatidan so‘ng nafaqaga chiqaman», - deya Martinesning so‘zlarini keltirmoqda «Goal».
Biroq, Emiliano Martines aynan nimani nazarda tutgani to‘liq aniq emas. Balki u xalqaro futboldagi nafaqani nazarda tutgandir.