«Roma» direktori Dibalaning kelajagi haqida fikr bildirdi
«Roma» sport direktori Floran Gisolfi hujumchi Paulo Dibalaning kelajagi haqida fikr bildirdi. Argentinalik futbolchining Rim klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
«Bozor ochilmoqda, shuning uchun Paulo haqida mish-mishlar yuribdi. Biz uning jamoa uchun qanchalik muhim ekanligini va «Roma»ga qanday munosabatda ekanligini bilamiz. Agar taklif tushsa, biz uni tinglaymiz. Biroq, hozircha boshqa klublar bilan aloqalar yo‘q», - dedi Gisolfi «Mediaset» nashriga.
Paulo Dibala joriy mavsumda «Roma» safida 18 ta o‘yin o‘tkazdi.