«Barsa» Xavini ortga qaytarmoqchi
«RB Leypsig»ning hujumkor yarim himoyachisi Xavi Simons faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin. 21 yoshli niderlandiyalik futbolchi nemis klubida ijara asosida o‘ynamoqda, uning shartnomasi «PSJ»ga tegishli.
Jurnalistning fikricha, Xavi Simonsga qiziqish bildirayotgan jamoalar orasida «Barselona» ham bor. Avvalroq futbolchini «Manchester Siti», «Bavariya» va «Manchester Yunayted» klublari kuzatib borayotgani haqida xabar berilgandi.
Joriy mavsumda Xavi barcha turnirlar doirasida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.