Barella: «Inter»ni tark etishimni tasavvur ham qilolmayman»
«Inter» yarim himoyachisi Nikolo Barella jamoani tark etish niyatida emasligini aytdi.
«Men doim «Inter»da qolishni xohlayotganimni aytganman. Futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin, ammo «Inter»ning jiddiy loyihasi bor, men bu yerda ajoyib narsaga erishish imkoniyatini ko‘rmoqdaman. Men ketishim mumkinligini xayolimga ham keltira olmadim, takliflar bo‘lgan-bo‘lmaganini ham bilmayman, chunki men agentim bilan buni muhokama qilmaganman. Umid qilamanki, klub mening pozisiyamdan mamnun. «Inter»ga yangi shartnoma uchun faqat rahmat aytishim mumkin, umid qilamanki, biz bundan ham yaxshiroq o‘yin ko‘rsatamiz», - deya Barellaning so‘zlarini keltiradi «DAZN».
27 yoshli italiyalikning «Inter» bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.