"Liverpul" Konate shartnomasini uzaytirishiga ishonmoqda
"Liverpul" Ibrahima Konate bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Himoyachining amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.
Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar rejalashtirilganidek davom etmoqda, klub kelishuvga erishilishiga ishonchi komil.
Rahbariyat va murabbiylar shtabi fransiyalik futbolchidan mamnun va uning uzoq muddatli loyihaning bir qismiga aylanishini istashmoqda.