Saloh hamon kutmoqda
Hujumchi Muhammad Saloh "Liverpul" bilan hatto bir yillik shartnoma imzolashga ham tayyor.
Biroq, misrlik futbolchi klubning muzokaralarga bo‘lgan yondashuvidan borgan sari asabiylashmoqda.
Bu haqda The Athletic o‘z sahifalarida xabar berdi. Saloh hamon “Liverpul”ning potensial kelishuv shartlari bo‘yicha o‘z pozisiyasini oshkor etishini kutmoqda.
Qayd etilishicha, Salohning ustuvor vazifasi “Liverpul” bilan shartnomasini uzaytirish bo‘ladi.
Shu bilan birga, forvard o‘zini dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb hisoblaydi va yangi shartnoma shartlarida bu holat aks etishi kerak.